Главная » 2020 » Май » 13 » Yana uchta hududda 21 nafar bemor sog‘aydi
21:19

Yana uchta hududda 21 nafar bemor sog‘aydi


Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar 110 nafar, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 36 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2596 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda.

Vafot etganlar soni esa 11tani tashkil etmoqda. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sog‘aydi, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя