Главная » 2020 » Апрель » 21 » Xushxabar! Andijonda yana 8 nafar bemor butkul sog‘aydi
17:13

Xushxabar! Andijonda yana 8 nafar bemor butkul sog‘aydi


Andijon shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mas’ullari ishtirokida Andijon shahridagi “Korona medlayn” xususiy shifoxonasiga reabilitasiya uchun kuzatildi.

Sog‘ayganlardan 4 nafar erkak, 4 nafari ayol kishi. Ularning 1 nafari talaba, 2 nafari nafaqada, 1 nafari kichik tibbiyot xodimi, 2 nafari voyaga yetmagan, 2 nafari turli soha vakillaridan iborat.   

Sog‘ayganlardan 3 nafari Jalaquduq tumani hamda 5 nafari Andijon shahrida yashovchi fuqarolarni tashkil qiladi.

Mazkur shifoxonada shu paytga qadar 12 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 20 nafarga yetdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xushxabar, Andijonda, Bemor, sog‘aydi, butkul | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя