Главная » 2020 » Апрель » 20 » Xushxabar! Andijonda 2 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
14:16

Xushxabar! Andijonda 2 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Bugun ham yurtimizdagi qator tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning reabilitasiyaga kuzatilishi kutilmoqda.

Jumladan, birinchi bo‘lib Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 2 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Tuzalganlardan biri, 39 yoshli ayol Xo'jaobod tumanidan bo‘lsa, ikkinchisi 51 yoshli ayol Andijon shahridan. Har ikki bemor ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yutirib olishgan.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 13 nafarga yetdi.

Sog‘aygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlari tomondan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 227 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Andijonda, xushxabar, koronavirusdan tuzaldi, 2 nafar bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя