Главная » 2020 » Май » 2 » O‘zbekistonda yana 13 nafar bemor koronavirusni yengdi
15:52

O‘zbekistonda yana 13 nafar bemor koronavirusni yengdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Andjon viloyatidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular respublika va viloyat sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘iston (7 nafari Nukus shahridan, 1 nafari Mo‘ynoq tumani)dan bo‘lib, ularning hammasi  koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 62 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 70 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda tuzalganlarning 1 nafari ushbu viloyatdan  bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan., qolgan ikki nafar fuqaro esa Namangan va Samarqand viloyatlaridan. Ularning ikki nafari ham  Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 138 nafarga yetdi.

Andijonda sog‘ayganlarning 1 nafari Andijon shahridan  bo‘lib, 45 yoshda, yana 1 nafari Oltinko‘l tumanidan bo‘lib, 43 yoshda. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 109 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 111 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1255 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yengdi, O‘zbekistonda, Koronavirusni, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя