Главная » 2020 » Май » 2 » Yana 13 nafar: Toshkentda 2 yoshli bola koronavirusni yengdi
15:00

Yana 13 nafar: Toshkentda 2 yoshli bola koronavirusni yengdi


Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 13 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatida. Ularning 6 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 7 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 9 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 380 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 393 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1242 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, Koronavirusni, yengdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя