Главная » 2022 » Декабрь » 14 » Toshkentda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi
16:53

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi


Toshkentda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi

Toshkent shahar Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz avtomobili yonib ketdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 14-dekabr kuni soat 11:20 larda Toshkent shahar Olmazor tumani KXAY va Talabalar ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan B.F. Matiz avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda, transport vositasida qisqa tutashuv va uning natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yonib, matiz, ketayotgan, harakatlanib, Toshkentda, KETDI | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя