Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » Samarqand shahrida yuk mashinasi yonib ketdi
19:13

Samarqand shahrida yuk mashinasi yonib ketdi


Samarqand shahrida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 2-noyabr kuni soat 17:11 da Samarqand viloyati Samarqand shahar “A.Navoiy” MFY Shoxrux ko‘chasida joylashgan binolarning birda  yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:40 bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning garaj hududigi yoqilg‘i saqlash xonasining 20 kv.m maydoni va yoqilg‘i tashishga mo‘ljallangan (benzavoz) “GAZ-52” avtomobili yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yuk, shahrida, Samarqand, KETDI, yonib, mashinasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя