Главная » 2016 » Декабрь » 28 » O‘zbekistonga qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin?
13:01

O‘zbekistonga qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin?


Eshitishimcha, jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritilibdi. Qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin va tartibi qanday?
Dildora Qosimova

Sh.ShOAHMEDOV, Markaziy bank raisi o‘rinbosari:
— Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini Respublika hududiga  olib kirish va olib chiqish Adliya vaziriligidan 1999 yil 7 mayda 716-son bilan ro‘yxatga olingan “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan tartibga solinadi.

Mazkur tartibga joriy yilning avgust oyida kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutani respublikamizga olib kirishga ruxsat etilgan va bunda bojxona organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan TS-28 shaklidagi guvohnoma bekor qilingan bo‘lib, ushbu summani olib kirish uchun bojxona dekloratsiyasini to‘ldirishi yetarli ekanligi belgilab qo‘yilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: AQSH, qancha, Valyuta, Dollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя