Главная » 2021 » Июнь » 2 » O‘zbekistonlik erkak tug‘ilgan kunini 15 yashar qizni zo‘rlash bilan “nishonladi”
21:36

O‘zbekistonlik erkak tug‘ilgan kunini 15 yashar qizni zo‘rlash bilan “nishonladi”


Kecha, 1 iyun kuni o‘zining 37 yoshini qarshilagan o‘zbekistonlik erkak tavallud kunini voyaga yetmagan qizga jinsiy zo‘ravonlik qilish bilan nishonladi. Ushbu voqea Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ro‘y bergan. Bu haqda “Konkretno.ru” xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi 40 yashar ayol huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, 1 iyun kuni soat 19:00 atrofida Elagin oroli hududida noma’lum shaxs uning voyaga yetmagan 15 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgani haqida xabar bergan. 

Huquq-tartibot organlarida tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida bir soat o‘tib, gumonlanuvchi Elagin oroli hududida qo‘lga olingan. Alohida urg‘ulanishicha, u shu kuni 37 yoshni qarshilagan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, migrant ikki yil oldin Sankt-Peterburgga ishlash maqsadida kelgan. U hozirgacha Federatsiyasi hududida qonuniy ro‘yxatdan o‘tmasdan yashagan.  

Xabarga ko‘ra, ushbu jinoyat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tug‘ilgan, Erkak, Qizni, kunini, o‘zbekistonlik, zo‘rlash, nishonladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя