Главная » 2021 » Октябрь » 7 » Odamlarni “kaltafahm” degan Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi ishdan olindi
10:39

Odamlarni “kaltafahm” degan Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi ishdan olindi


Facebook’dagi munozara vaqtida odamlarni “kaltafahm” degan Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov ishdan olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma’lum qildi.

AOKA Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy munozara paytida davlat xizmatchisining maqomiga xos bo‘lmagan tarzda o‘z fikrini noto‘g‘ri shaklda bildirib, muloqot madaniyatining umumqabul qilingan me’yorlarini buzganini ma’lum qildi.

Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov Facebook’dagi munozara vaqtida: “Men o‘ylamagan edim odamlar bunchalik kaltafahm deb. Men tarqatgan xabar o‘qimishli inson uchun oddiy hol, (tupoy) yoki o‘zidan (tupoy) yasab olgan kaltafahmlar uchun buni tushunish qiyin”, deya yozib qoldirgandi.

Xabarda Agentlik barcha matbuot kotiblarini so‘zga mas’uliyatli bo‘lish, o‘z vazifalariga jiddiy yondashish, shuningdek, aholi so‘rovlariga tezkorlik bilan javob berishga chaqiradi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ishdan, kaltafahm, hokimligi, matbuot, Shahar, Chirchiq, kotibi, olindi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя