Главная » 2018 » Апрель » 9 » Ogoh bo‘ling! Facebook messenjeri orqali virus tarqalmoqda
21:06

Ogoh bo‘ling! Facebook messenjeri orqali virus tarqalmoqda


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook 87 milliondan ortiq foydalanuvchi shaxsiy ma’lumoti sizib chiqqani haqida ma’lum qildi – bundan avval esa gap 50 mln haqida ketgandi.

Facebook messenjerining ko‘plab foydalanuvchilari yangi virusdan shikoyat qilishmoqda. Unga ko‘ra, virus sizning avatarkangizdan yuborilgan video ko‘rinishida ekani aytilmoqda. Bu haqida qator foydalanuvchilar va ko‘plab guruhlarda muhokamalar avjida.

"Mening messenjerimdan yo‘llangan videoni ochmanglar, bu virus. Men hech kimga video yuborganim yo‘q", - deb yozishmoqda Facebook'da. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu virus sizning hayotingizga, kompyuter yoki telefoningizga tahdid solmaydi.

Shunchaki yo‘llangan havolaga bossangiz, qandaydir saytga kirasiz. Barcha do‘stlaringizga esa sizning nomingizdan shunday havola yo‘llanadi. Ogoh bo‘ling!

Ta’kidlash joizki, bundan avval Facebook 87 milliondan ziyod foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotiga kirish imkoni paydo bo‘lishida ayblangan edi va kompaniya rahbari Mark Sukerberg buning uchun barchadan uzr so‘ragandi. Ayni damda ijtimoiy tarmoqni xavfsizlantirishga doir choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan. Messenjer orqali virus tarqalishi sabablariga hozircha hech qanday rasmiy izoh berilgani yo‘q.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Facebook messenjer, tarqalmoqda, virus, orqali, Ogoh bo‘ling | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя