Главная » 2017 » Июль » 27 » Ogoh bo‘ling: O‘zbekistonda termitlar hujumi
16:01

Ogoh bo‘ling: O‘zbekistonda termitlar hujumi


Respublika bo‘ylab O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi joylarda zararli termitlarga qarshi kurashmoqda.

Vazirlik tomonidan yurtimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida xonadonlarning termit bilan zararlanganlik holati kuzatilgan.

Shuningdek, tarixiy va madaniy me’ros ob’ektlarida ham termit tarqalishining oldini olish hamda zararini kamaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Aytilishicha, fanda termitlarning 2800 turi ma’lum bo‘lib, ulardan 120 turi zararkunanda hisoblanadi. Termitlar o‘simlik va yog‘ochning tarkibini tashkil etuvchi sellyulyoza bilan oziqlanishi bilan aholi turarjoylari, ijtimoiy ob’ektlar va tarixiy obidalarga katta zarar yetkazadi.

Tarixda termitlarning zararli ta’siri natijasida ayrim aholi punktlari, hatto, shaharlarni ko‘chirishga majbur bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, termitlarning yashirin hayot tarzi, ekologik tashqi muhit omillaridan himoyalanganligi va termitlar sonining nihoyatda ko‘pligi, ularga qarshi kurash choralari o‘tkazilgan taqdirda ham oz miqdorda qolgan termitlar tezlikda o‘z populyatsiyasini qayta tiklash qobiliyatini saqlab qoladigan hashoratdir.

Musulmonbek Ibrohimov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ogoh bo‘ling, termitlar hujumi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя