Главная » 2017 » Июль » 20 » Olimlar uchinchi jahon urushiga sabab bo‘luvchi omilni ma’lum qilishdi
17:05

Olimlar uchinchi jahon urushiga sabab bo‘luvchi omilni ma’lum qilishdi


Amerikalik bir guruh olimlar kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jahon urushi sabablarini aniqlashdi. Mutaxassilar jahonning siyosati, demografiyasi, iqlim sharoitini o‘rganib chiqib, suvga bo‘lgan ehtiyoj yadro urushi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligini xulosa qilishdi.

Siyosatchilar dengiz va daryo suvlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar har yili yuzaga kelmasligini ta’kidlashdi. Ekspertlar kelajakda bu muammo mahalliy yadro urushiga aylanishidan xavotirga tushishgan.

Olimlar suv resurslari bilan bog‘liq faol nuqtalarni aniqlashdi. Ular ikki va undan ko‘p davlatlar chegarasidagi daryosida qurilayotgan dambalar atrofidagi vaziyatni o‘rganib chiqishdi.

Hozirda turli davlatlar va millatlar suv resursidan kelishuv asosida foydalanishmoqda, ammo keyinchalik iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik kuzatilsa, vaziyat keskinlashib, xalq orasida mojarolar yuzaga kelishi aniq, deya xulosa qilishmoqda ekspertlar.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum qilishdi, sabab bo‘luvchi, olimlar, omil, Uchinchi jahon urushi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя