Главная » 2016 » Декабрь » 28 » Oliy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish kunlari o‘zgardi
13:01

Oliy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish kunlari o‘zgardi


2017-2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish muddati 15 iyundan 15 iyulga qadar bo‘ladi. Oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi test sinovlari esa 5 iyul kuni o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Milliy matbuot markazida o‘tkazgan matbuot anjumanida so‘z bordi.

Bu qaror abiturientlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratishi, ta’lim muassasalarini test jarayoniga tayyorlash, belgilangan binolar va auditoriyalarni kerakli jihoz va uskunalar, o‘quv vositalari bilan ta’minlab, muddatidan oldin shay holatga keltirish imkonini berishi ta’kidlandi.
 
2016-2017 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 57 ming 907 talaba, jumladan, 19 ming 120 talaba davlat granti, 38 ming 787 talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi. 174 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlari tashkil etilib, unda 138 ming 214 o‘quvchi ishtirok etdi. 10 oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan test sinovlarida 6 ming 163 abiturient qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi umumta’lim maktablariga ingliz tili o‘qituvchilarini yetkazib berish maqsadida test sinovlarida yuqori ball to‘plagan 117 nafar abiturient qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishga tavsiya etildi.
 
Ma’lumot uchun, 2016-2017 o‘quv yilida Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlari, Toshkent arxitektura-qurilish, Toshkent kimyo-texnologiya, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat, Andijon qishloq xo‘jaligi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlari, Toshkent tibbiyot akademiyasida yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kunlari o‘zgardi, hujjat qabul qilish, oliy ta’lim muassasalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя