Главная » 2021 » Апрель » 25 » Ona va buvi jirkanch jinoyatga qo‘l urishdi
12:39

Ona va buvi jirkanch jinoyatga qo‘l urishdi


Buxoro viloyati, Peshku tumani, Valfajr mahallasida yashovchi ayol o‘z onasi bilan til biriktirgan holda bolasini sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Peshku tumani Valfajir mahallasida yashovchi, J.F. ismli ayol endi dunyoga kelgan farzandini sotish maqsadida, o‘z onasi bilan ushbu jirkanch jinoyatni sodir etish uchun oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tibbiyot muassassi hududida chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga 8.000.000 (sakkiz million) so‘mga baholab sotayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ona va qizga nisbatan O‘zbekistan Respublikasi JKning 135-modda 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jinoyatga, ona, jirkanch, buvi, qo‘l urishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя