Главная » 2018 » Апрель » 15 » Dilfuza Ismoilova yana nabirali bo‘ldi. Bu nechanchisi?
22:34

Dilfuza Ismoilova yana nabirali bo‘ldi. Bu nechanchisi?


Avvalroq, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xonadonida nabira dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15 aprel kuni aktrisa va xonanda Dilfuza Ismoilova xonadonida ham chaqaloq dunyoga keldi. Xonandaning kenja o‘g‘li Sarvar o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq Dilfuza Ismlilovaning to‘rtinchi nabirasi. Xonandaning ikki o‘g‘il va bir qizi bor. 2017 yilning 1 avgust kuni o‘g‘li Sarvar qiz farzandli bo‘lgandi. Qizaloqqa Farangiz deb ism qo‘yildi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Dilfuza Ismoilovani yana bir bor nabirali bo‘lgani bilan muborakbod etamiz. Ayni damda buvilik gashtini surayotgan xonandaning kelgusidagi ijodi ham shunga yarasha bo‘ladi, deb umid qilamiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: nabira, buvi, Dilfuza Ismoilova, ona, Farzand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя