Главная » 2017 » Январь » 8 » Onasi bilan janjal tufayli 10 yoshli bola o‘z joniga qasd qildi
19:42

Onasi bilan janjal tufayli 10 yoshli bola o‘z joniga qasd qildi


AQShning Florida shtatida istiqomat qiluvchi 10 yoshli Yan Sevostyanov onasi bilan janjallashgach, to‘pponchadan o‘ziga qarata o‘q uzdi va nobud bo‘ldi. Bu haqda “Dailymail.co.uk” xabar qildi.
 
Maktabning 5-sinf o‘quvchi onasi bilan bo‘lib o‘tgan nizodan so‘ng, uyda yashirin tarzda saqlanadigan to‘pponchani olgan. Xonasiga kirgach, u o‘z joniga qasd qilgan.
 
Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari bolani asrab qolishga urinishgan, biroq olingan jarohat tufayli Yan jon bergan.
 
O‘sha vaqtda bolakayning faqat onasi, 50 yoshli Olga Grusetskaya uyda bo‘lgan.
 
Polisiya 10 yoshli bolaning qo‘liga ota-onasi yashirincha saqlaydigan to‘pponchaning qanday tushib qolgani borasida qiziqmoqda.
 
Qo‘shnilar o‘z joniga qasd qilgan bolakayni aqlli, quvnoq va xushmuomala, deb ta’riflashgan.
 
Huquq-tartibot organlari jinoyat yuzasidan tergov ishlarini boshlashgan. Ayni vaqtda Yan onasi bilan nima hususida nizoga borgani surishtirilmoqda.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 10 yoshli bola, tufayli, Onasi bilan janjal, Bola, ona, o‘z joniga qasd qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя