Главная » 2017 » Январь » 17 » Ozodbek Nazarbekov Sergelida uy qurayotgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
16:16

Ozodbek Nazarbekov Sergelida uy qurayotgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi


O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov unga hukumat tomonidan Toshkentning Sergeli tumanida olib borilayotgan qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. Xonanda bu haqda “Shov-shuv.uz” sayti muallifi Jasur Hamroyevga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Daryo”.

“Agar hukumatimiz oldimga qandaydir vazifa qo‘ysa, uni askar misoli bajarishga harakat qilaman. Chunki bu men uchun faxr, sharaf. Lekin bularning bari yolg‘on, bo‘hton, tuhmat, mish-mish, uydirma gaplardir. Bu mish-mishlardagi gaplarga yaqinroq voqea ham bo‘lmagan hatto. Lekin, yana qaytarib aytaman, topshiriq qo‘yiladigan bo‘lsa, qo‘limdan kelgancha, kuchim yetgancha Vatanga xizmat qilish — men uchun sharaf”,—deydi Ozodbek Nazarbekov.

Jasur Hamroyev bunday mish-mishlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini aytib, qo‘shimcha savol bilan murojaat qilgan. Xonanda bu borada o‘z taxminini bildirgan.

Shahrisabzda eski karvonsaroyni, hozirgi zamon tili bilan aytganda — mehmonxonani qayta ta’mirlab, anjomlar bilan ta’minlab, Maqom markaziga aylantirdik. Bu asosan sayyohlar uchun xizmat qiladigan, faqat jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqdan iborat bo‘lmay, balki restoran sifatida faoliyat ko‘rsatadigan bir muassasadir. Oqsaroy majmuasidagi qurilish ishlariga hissa qo‘shganim — men uchun katta sharaf, o‘zim uchun tarixiy voqea.

Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilda konsert bermasligi ma’lum qilingan va bu ham turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan edi.

Keyinroq Nazarbekov bu mish-mishlarni rad etib, apreldagi konsert kunlarini shaxsan o‘zi hamkasbi, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga taklif qilganini bildirgan edi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: mish-mishlar, uy qurayotgan, ozodbek nazarbekov, oydinlik kiritdi, Sergeli, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя