Главная » 2016 » Декабрь » 27 » Ozodbek Nazarbekovdan keyin Gulsanam Mamazoitova ham 2017 yilda konsert bermasligi mumkin
09:48

Ozodbek Nazarbekovdan keyin Gulsanam Mamazoitova ham 2017 yilda konsert bermasligi mumkin


O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning 2017 yilda konsert berishi masalasi noma’lum bo‘lib turibdi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Sanjar Ahmedovga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

«2017 yilda konsert berishimiz yoki bermasligimiz hozircha noma’lum. Bermasligimiz ham mumkin», — deb ta’kidlagan Sanjar Ahmedov.
«2016 yilning fevral oyida konsert berganimizdan keyin, bir yil tanaffus qilib, yana sahnaga qaytamiz degan fikr bor edi. Gulsanamning o‘zi konsert berishni istab qolsa, bizga uning tayyorgarligi uchun ikki oy vaqt yetadi. Xohish bo‘lsa kifoya, konsert reklamasi va boshqa masalalarga ikki oylik muddat kifoya. Konsert jonli ijroda bo‘lgani uchun, sozandalar doimo shay holatda», — dedi qo‘shiqchining prodyuseri.
Ma’lumot uchun, Gulsanam Mamazoitova 2015 yil «Sizni sog‘indi yurak» deb nomlangan 6 kunlik konsert bergandi. Oradan bir yil o‘tib berilgan 5 kunlik dastur esa «Men sizni topgunimcha» deb nomlangan.
Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning 2017 yilda konsert bermasligi ma’lum bo‘lgandi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Gulsanam Mamazoitova, ozodbek nazarbekov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя