Главная » 2016 » Декабрь » 5 » Prezident saylovida kim qancha ovoz to‘pladi?
20:00

Prezident saylovida kim qancha ovoz to‘pladi?


4 dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 20 million 428 ming 891 saylovchining 17 million 957 ming 667 nafari ovoz berish jarayonlarida ishtirok etgan. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etadi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi hududida 14 ta saylov okrugida 9 ming 383 ta saylov uchastkalari tashkil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlardagi 44 ta saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qo‘yilgan nomzodlar quyidagicha ovoz to‘pladi.
 
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovga – 421 055 ta yoki 2.35 foiz.
 
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoev 15 mln 906 ming 724 ta yoki 88,6 foiz.
 
Xalq demokratik partiyasidan nomzod Hotamjon Ketmonovga 669 ming 180 ta yoki 3,73 foiz.
 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarovga 619 ming 972 ta 3,46 foiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: prezident saylovi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя