Главная » 2020 » Август » 28 » Prezident to‘ylar masalasida topshiriq berdi
19:52

Prezident to‘ylar masalasida topshiriq berdi


Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Unda yana bir bor koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq masala muhokama qilindi. Davlat rahbari karantin yumshatilgan davrda to‘y o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. 

Yig‘ilishda hokimlar, sektor rahbarlari hamda mutasaddi idoralar xodimlari har bir mahallada, jamoat joylari, transport va korxonalarda sanitariya talablari bajarilishi bo‘yicha temir intizomni ta’minlashi zarurligi aytib o‘tildi. Ayniqsa, to‘y-marosimlarni bir necha kun davomida yoki bir kunda 3-4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi alohida ta’kidlangan. 

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 15 martidan to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda to‘y marosimlari fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilandi.

Biroq, tartiblarni buzib, katta to‘ylarni davom ettirayotganlar hamon uchrab turibdi. Xuddi shunday to‘y marosimlaridan biri kuni kecha 150 kishilik mehmon bilan Buxoroda bo‘lib o‘tgan. 

IIVning qayd etishicha, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, marosim o‘tkazilishidan avval profilaktika inspektori marosim o‘tkazayotgan xonadon egasini rasman ogohlantirishi lozim. Belgilangan talablarni buzgan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarni buzish), ya’ni karantin qoidalariga rioya qilmay, koronavirus infeksiyasini tarqalishiga sababchi bo‘layotganligingiz uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki ushbu xatti-harakat og‘ir oqibatlarga, jumladan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo‘ladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: masalasida, prezident, topshiriq berdi, To‘ylar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя