Главная » 2018 » Апрель » 24 » Propiska bepul bo‘ladi
21:43

Propiska bepul bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasi qarori joylashtirildi.

Unga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun 30 kunga mo‘ljallangan vaqtinchalik propiska bepul beriladi. Shuningdek, bu tartib MDH davlat fuqarolariga ham tegishli.

Agarda xorijlik fuqarolar O‘zbekistonga 30 kundan ko‘p vaqtga kelmagan bo‘lsa, vaqtinchalik propiska ularga maxsus elektron dastur yordamida Internet tarmog‘i orqali beriladi. Bu haqda “Norma.uz” xabar berdi.

Propiska uchun javobgarlikni chet el fuqarolarini qabul qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga oladilar. Xususan, tibbiyot muassasalari, sayyohlik operatorlari, jismoniy shaxslar, xususiy ishlar bilan chet elliklarni qabul qiluvchi va ularni turar joy bilan ta’minlovchi, shuningdek, daromad olish maqsadida ijarachi qo‘yuvchi xususiy xonadon sohiblari shular jumlasidandir.

Buning uchun quyidagi hujjatlarning elektron shaklda yuborish kerak:

Tegishli shakldagi ariza

Milliy pasport yoki fuqarosizlik haqidagi hujjat

Uy egasining roziligi va uyga egalik to‘g‘risidagi hujjatlar


Qachonki propiska muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, odatiy tartibda Ichki ishlar organlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Bunday holda yuqoridagi hujjatlarga uy egasining arizasi va tegishli davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya kerak bo‘ladi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: propiska, bepul bo‘ladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя