Главная » 2020 » Декабрь » 1 » “Qalpoq”dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
14:19

“Qalpoq”dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi


“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov 29-noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Jurnalist Nargiza Murodova aktyorning o‘g‘li Suxrob Fayzullayev bilan bog‘landi.

“Uch kun avval dadamni shahar 16-son kasalxonasiga yotqizdik. Ahvollari og‘ir edi. Hozir ham jonlantirish bo‘limida. Xalqimizdan haqlariga duo qilishlarini so‘rayman”, — deydi Suxrob Fayzullayev.

Ayni damda aktyorning shogirdlari ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaatnomalar yo‘llab, uning og‘ir xastalik bilan kurashayotgani hamda ustozlari haqqiga duoda bo‘lishlarini so‘rab post qoldirgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: aktyor, g jonlantirish, Qalpoq, Rahmonali Suropov, Maraymamat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя