Главная » 2020 » Ноябрь » 28 » Qishda benzinni qanday tejash mumkin?
20:03

Qishda benzinni qanday tejash mumkin?


Qish-qirovli kunlarda mashinalar benzinni ko‘proq yoqadi, sabablar ko‘p: motorni uzoq qizdirish, yo‘llarning ahvoli, mashina moyining yopishqoqlik darajasi va hokazolar. Bunday vaziyatda qanday ish tutish, yonilg‘i sarfini kamaytirish bo‘yicha «Za rulyom» jurnali ekspertlari maslahat berishyapti.

Demak, ekspertlarga quloq tutadigan bo‘lsak, mashina kuzovini qordan tozalab bo‘lguncha motorni qizdirib olish kifoya, harakatlanishni esa keskin qo‘zg‘alish bilan boshlamagan ma’qul. Mashinani erinmasdan, qordan yaxshilab tozalash tavsiya etilyapti, shunda ham «temir tulpor» yengillashadi, ham havo oqimi qarshiligi kamayadi.

Sovuq kunlarda mashina motoriga yopishqoqlik darajasi past moy quyishni tavsiya etishyapti, shuningdek, shinalardagi havo bosimini nazoratdan qochirmang: sovuqda pasayib ketgan bo‘lishi mumkin, bosimning kamayishi esa, ma’lumki, ishqalanish kuchini oshirib yonilg‘ining ortiqcha sarfiga olib keladi.

Haydovchilardan qishda mashinadagi ortiqcha barcha narsalardan, jumladan, mashina tomidagi yukxonadan voz kechish tavsiya qilinyapti, mashinaga qo‘shimcha yuk — qo‘shimcha yonilg‘i sarfi, degani. Qolaversa, qishda mashinani boshqarish usulini ham o‘zgartirish, joydan keskin qo‘zg‘almaslik, tezlikdan tezlikka silliq o‘tish kabi maslahatlar berilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qishda, benzinni, tejash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя