Главная » 2018 » Январь » 30 » Qiz tug'ish uchun nima qilish kerak?
23:40

Qiz tug'ish uchun nima qilish kerak?


Qiz ko'rish sirlari bormi? Nima qilsa qiz tug'iladi?

Afsuski, oldindan 100% qiz yoki o'g'il ko'rishni rejalashtirish imkoniyati mavjud emas. Lekin qiz ko'rish ehtimolini oshirish yo'llari mavjud.

1. Erkak va ayol rejalashtirishdan 6 oy oldin kalsiy va magniyga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilishlari zarur. Baqlajon, olma, qulupnay, limon, olma, sitruslik mevalar, salat barglari, ananas, tarvuz, sut va sut mahsulotlari, shirinliklarni dietangizga bemalol qo'shsangiz bo'ladi. Go'sht va go'sht mahsulotlaridan, banan va pomidordan yiroqroq bo'ling.

2. Rejalashtirilayotgan oyda hayz siklining 1-chi yarmida jinsiy aloqada tez-tez, har kuni yoki undan ko'proq miqdorda bo'lish muhim.

3. Gazlik ichimliklarni ichib yurish maqsadga muvofiq bo'ladi.

4. Jinsiy aloqani ovulyasiyadan 2 yoki 3 kun oldin bajarish va undan so'ng aloqada bo'lmaslik yoki prezervativdan foydalanish tavsiya etiladi. Shunda ovulyasiyagacha erkak spermatozoidi ayol organizmiga tushib bo'lgan bolib, unda uzoq yashay olmaydigan Y-spermatozoidlar ovulyasiyaga qadar nobud bo'ladi. Qiz bola uchun javobgar uzoqroq yashuvchan X-spermatozoidlar esa ovulyasini kuta oladi va aynan ulardan biri tuxumni urug'lantira olishi ehtimoli oshadi.

5. Urug'lanish uchun mo'ljallangan jinsiy aloqani erkak charchab turgan holatda majburlab bo'lsa ham bajargan ma'qul. Shunda o'g'il uchun javobgar Y-spermatozoidlar faoliyati sust bo'ladi.

6. Jinsiy aloqani oddiy ko'rinishda, ya'ni erkak ayolni ustida bo'lgan holatda bajarish lozim.

7. Ayolga urug'lanish rejalashtirilgan oyda ko'proq sitruslik meva, limondan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Shunda ayol jinsiy a'zolarida kislotasi yuqori bo'lgan muhit rivojlanadi. Bu esa o'g'il uchun javobgar Y-spermatozoidlari uchun noxush holatdir.

8. Qiz tug'ishni istayotgan juftliklarga tuzliq va dudlangan mahsulotlarni homilador bo'lishdan oldin kamida 6 oy davomida yemaslik lozim.

9. Rejalashtirilgan oyda erkak ko'roq sauna va issiq joylarda bo'lishi kerak. Erkak jinsiy a'zolaridagi yuqori issiqlik spermatozoidlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi va ayolni homilador qilish ehtimolini pasaytiradi. Lekin qiz bola uchun javobgar X-spermatozoidlari o'g'il bola uchun javobgar Y-spermatozoidlarga nisbatan yashuvchanroq ekanligini inobatga olib, qiz bilan homilador bo'lishni niyat qilganlar bu yo'lni qo'llab ko'rishsa, homiladorlik yuz bersa, qiz bo'lishi ajab emas.

10. Ollohdan sog'lom qiz tug'ilishini so'rash.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: uchun, Nima Qilish Kerak, tug'ish, Qiz | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя