Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Qiziqchi Mirzabek Xolmedov qizini uzatdi
11:47

Qiziqchi Mirzabek Xolmedov qizini uzatdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov qizi Durdonani uzatdi. Bu haqida uning o‘g‘li Ulug‘bek Xolmedov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Daryo”. 

«Bugun xonadonimiz farishtasi, ko‘zlarimiz quvonchi, uch akasining erkasi, kenjamiz, bir donamiz Durdonaxonni turmushga berdik. Jonim singlim, shirinso‘zim, mehribonim, bir donam — baxtli, oltin taxtli bo‘lgin. Seni dunyolarga almashmayman. Hayoting ham o‘zingdek go‘zal bo‘sin», — deb yozdi Ulug‘bek Xolmedov.

Mirzabek Xolmedovning Ulug‘bek va Durdonadan tashqari, Oybek va Otabek ismli o‘g‘illari ham bor.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mirzabek Xolmedov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя