Главная » 2016 » Декабрь » 13 » So‘z ustasi Mirzabek Xolmedov 55 yoshga to‘ldi
17:08

So‘z ustasi Mirzabek Xolmedov 55 yoshga to‘ldi


Xalqimiz Mirza deb chaqirishga odatlangan Mirzabek Xolmedov 55 yoshni qarshi oldi, deb yozdi “Qalampir”. U 1961-yilning 13-dekabr kuni dunyoga kelgandi.

Mirzabek Xolmedov oilasidagi 11 farzandning to‘qqizinchisi bo‘lgan. 1987-yil oila qurgan. Uning 3 o‘g‘il va 1 qiz farzandi bor.

Xabarda Xolmedov qiz farzandini uzatgani qayd etilgan. Yaqindagina olti karra buva bo‘lgan Obid Asomov ham aynan shu masalaga urg‘u berib, hamkasbini tabrikladi.

“Akaginam, sizga mustahkam sog‘liq, fayz-baraka va oilaviy baxt tilayman! Kelasi yilgi tug‘ilgan kuningizga ‘dedushka’ degan unvon ham qo‘shilsin”, — yozgan Obid Asomov.

Ma’lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1989-yildan buyon o‘z muxlislari uchun har yili konsert dasturi tashkil qilib keladi. U aktyor sifatida “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kinokartinalarida rol o‘ynagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mirzabek Xolmedov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя