Главная » 2017 » Апрель » 14 » Qoidabuzarliklarni onlayn bilish mumkin bo‘lgan videorolik tayyorlandi
08:25

Qoidabuzarliklarni onlayn bilish mumkin bo‘lgan videorolik tayyorlandi


Biroz avval, joriy yilning may oyidan boshlab Toshkent shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida alohida xizmat ishga tushirilishi, haydovchilar qoidabuzarlik va jarimalar haqida shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumot olishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.

May oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan mazkur xizmat haqida Elektron hukumat markazining Axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Aziz Azimov dastlabki ma’lumotlarni berdi.

Azimov “Qalampir.uz” sayti uchun mazkur jarayon qay tartibda amalga oshirilishi tasvirlangan videoni ham taqdim etdi.

Jarima haqidagi ma’lumot qanday olinadi?

Haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga kirib, avtomobilning texnik guvohnomasi raqami va avtomobilning davlat raqamini kiritish orqali, qoidabuzarlik qayd etilgani, uning miqdorini bilishlari mumkin.

Agar chorrahaga o‘rnatilgan kameralar qoidabuzarlikni qayd etsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.

Bundan tashqari, avtomobil egasi shaxsiy kabinetiga qo‘l telefoni raqamini kiritib, SMS-ogohlantiruv xizmatini yoqtirgan bo‘lsa, jarima haqida xabar uning qo‘l telefoniga yuboriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: videorolik tayyorlandi, qoidabuzarlik, mumkin, onlayn bilish | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя