Главная » 2018 » Апрель » 25 » Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qorining tarjimayi holi
20:05

Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qorining tarjimayi holi


Nuriddinov Yo‘ldoshbek Ibrohim o‘g‘li 1995-yil 9-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining Kenagas qishlog‘ida tavallud topgan. Bu haqda “Azon.uz” xabar berdi.

Dastlabki Qur’on ta’limini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi Ne’matulloh qori Aminjon Eshondan olgan. 2001—2010 -yillarda umumta’lim maktabida, 2010—2014-yillarda Nukus shahridagi al-Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida tahsil olgan. Ilk Qur’on xatmini 2004-yili Ramazon oyida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome’ masjidida ado etgan.

Yutuqlari:

— 2008-yili o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat turnirida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

— 2008-yili Kamalak Bolalar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Olg‘a sardorlar” bahsida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

— 2011-yili XXI respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

— 2012-yili XXII respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

— 2013-yili Kuvayt davlatida bo‘lib o‘tgan 4-davra xalqaro Qur’on musobaqasida nufuzli ishtirok etib, eng peshqadamlar o‘ntaligidan joy olgan;

— 2016-yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan “Qur’on ziyofati” ko‘rik tanlovi g‘olibi;

— 2016-yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan ilk azon aytish musobaqasi g‘olibi;

— 2018-yili “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi.

2015-yildan hozirga qadar imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mutlaq g‘olibi, tarjimayi holi, qori, Qur’on musobaqasi, Yo‘ldoshbek | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя