Главная » 2018 » Апрель » 24 » Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi aniqlandi
19:42

Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi aniqlandi


Avval xabar berganimizdek, 21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 24 aprel kuni erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi o‘tkazildi. «Azon.uz» xabariga ko‘ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori Ibrohim o‘g‘li «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi bo‘ldi.

Qayd etish kerak, oliy o‘rin sohibiga Prezident sovg‘asi — «Lacetti» mashinasi topshirildi.

Taqdirlash marosimi nihoyasiga yetgach, Prezident sovg‘asi — «Lacetti» avtomobili Yo‘ldoshbek qorining ustozlari va kursdoshlari hamrohligida Toshkent Islom institutiga olib kelindi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mutlaq g‘olibi, Qur’on musobaqasi, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя