Главная » 2017 » Март » 28 » Ravon rossiyalik xaridorlariga Google smartfonlarini sovg‘a qiladi
10:10

Ravon rossiyalik xaridorlariga Google smartfonlarini sovg‘a qiladi


O‘zbekistonning Ravon avtomobilsozlik kompaniyasi rossiyalik har bir xaridorga Google smartfonini sovg‘a qiladi, deb yozadi “1news.uz”. Korxona rahbariyati o‘zlari ishlab chiqargan mashinalar savdosi hajmini oshirish uchun shunday usuldan foydalanishga qaror qildi.

Ravon kompaniyasi mutaxassislari aksiya muvaffaqiyatli kechishi va iste’molchilar talabi darajasi ahamiyatli tarzda oshishiga umid qilmoqda.

Yangi gadjetni rossiyalik xaridorlarning barchasi qo‘lga kiritadi. Google kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan smartfon Ravon Online servisiga ulangan, uning yordamida texnik xizmat ko‘rsatishga yozilish va elektron kitob tutish mumkin.

Avvalroq Ravon kompaniyasi Rossiya bozoridagi savdo hajmini 25 marta oshirish rejalarini ma’lum qilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: Ravon, Google smartfonlari, sovg‘a qiladi, rossiyalik xaridorlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя