Главная » 2022 » Октябрь » 7 » “Real Madrid” Benzemaga o‘rinbosar topdi
19:42

“Real Madrid” Benzemaga o‘rinbosar topdi


Fransiyalik futbolchining “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2 yildan so‘ng tugaydi.

“Real Madrid” 2 yildan so‘ng “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni sotib olishga harakat qiladi.

As nashri xabariga ko‘ra, madridliklar “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiolaning Xolandning shartnomasida “Real”ga o‘tish bandi yo‘qligini e'lon qilgan gaplaridan xavotirda emas.

Madrid klubida norvegiyalikni 2 yildan keyin 180 million yevroga sotib olish mumkinligi haqida ma'lumot bor.

“Real Madrid”ning rejasiga ko‘ra, Xoland bilan aloqani 2024-yilda tiklash, shu vaqtgacha Karim Benzemaning shartnomasi tugaydi.

“Real Madrid” futbolchini Madriddagi hayot Manchesterdagidan yaxshiroq ekanligiga, shuningdek, “Real Madrid”da o‘ynash obro‘liroq va martaba uchun foydaliroq ekanligiga ishontirmoqchi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: madrid, topdi, o‘rinbosar, Benzemaga, real | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя