Главная » 2017 » Август » 14 » Ronaldu uzoq muddatga futboldan chetlatilishi mumkin
16:35

Ronaldu uzoq muddatga futboldan chetlatilishi mumkin


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi uchrashuv (3:1) da qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Uchrashuv bosh hakami Rikardo De Burgos Bengoechea Ronalduni golni nishonlash vaqtida futbolkasini yechgani va raqib jarima maydonida simulyatsiya ishlatgani uchun ikki marta ogohlantirdi.

Ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilgan vaqtda o‘zini tuta olmagan Ronaldu qiziqqonlik qilib, hakamni turtib yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ispaniya futbol federatsiyasi portugaliyalik hujumchini sportchilarga yarashmagan harakatlari uchun uzoq muddatga o‘yinlardan chetlatishi mumkin.

Diskvalifikatsiya muddati 4 tadan 12 ta uchrashuvga qadar cho‘zilish ehtimoli bor. Ispaniya futbol federatsiyasi Ronalduni yengil jazo sifatida kamida 4 ta uchrashuvdan chetlatishi aniq.

Demak, Ronaldu “Barselona”ga qarshi javob o‘yini va Ispaniya La Ligasining “Deportivo”, “Valensiya”, “Levante”ga qarshi uchrashuvlarida jamoaga yordam bera olmaydi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: real, Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя