Главная » 2018 » Май » 24 » Ronaldu yana qancha futbol o‘ynaydi?
18:15

Ronaldu yana qancha futbol o‘ynaydi?


Madridning “Real” klubi safida yana bir bor chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozonishga urinib ko‘radigan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu necha yoshgacha to‘p surishini aytdi.

Ayni paytda 33 yoshni qoralagan “Real” hujumchisi Ispaniya telekanallaridan biridagi “El Chiringuito” dasturi mehmoni bo‘lib, “nazarimda, 41 yoshgacha bemalol futbol o‘ynay olaman”, degan.

Jurnalistning ketma-ket savollariga “Hali oldimda ko‘p vaqt bor. O‘zimni yaxshi his etyapman. Maydonda toliqqanim ham yo‘q. Xuddi yosh yigitlar singari yuguryapman.

Hozircha sog‘liqimdan shikoyatim yo‘q. Shanba kungi finalda mening qandayligimga futbol muxlislari yana bir bor amin bo‘lishadi. Ishonamanki, bizni qo‘llab-quvvatlovchilar o‘yindagi har bir holatni ko‘zdan qochirishmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Ronaldu.

Ma’lumot uchun, “Real” Madrid – “Liverpul” uchrashuvi 26 may kuni Kievda Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, yana, futbol o‘ynaydi, qancha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя