Главная » 2017 » Январь » 10 » Rossiyada ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
13:00

Rossiyada ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Samara viloyati Tolyatti shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Yangi yil kechasi kuni kabob pishiraman deb hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Volga Nyus” axborot agentligi xabar bermoqda.
 
31 dekabr kuni kechasi shaharning Komsomolskaya tumanida avtomobil garajida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilganida, u yerdan ikki kishining jasadi topilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining aniqlashlaricha, vafot etganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
 
Taxminlarga ko‘ra, 50 va 52 yoshli fuqarolar Yangi yil kechasida garajda kabob pishirishmoqchi bo‘lishgan, ammo yong‘in yuzaga kelib oqibatda ularning ikkalasi ham halok bo‘lishgan.
 
Ayni vaqtda mazkur ish yuzasidan surishtiruv ishlari boshlanganligi xabar qilinmoqda. 

Durdona Rasulova 

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘zbekistonlik, halok bo‘ldi, ikki, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя