Главная » 2020 » Май » 16 » “Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi ochildi
16:39

“Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi ochildi


6 maydan boshlab, “Samarqand Darvoza” do‘konlari va kiyim-kechak va aksessuarlar butiklari ochildi. Bu haqda savdo-ko‘ngilochar markazining rasmiy Telegram kanalida ma'lum qilindi.

Shu bilan birga, o‘yin maydonchasi, kinoteatr, oziq-ovqat korti, qahvaxonalar va muzqaymoq sotiladigan do‘konlar yopiqligicha qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, 6 maydan boshlab markazning 1-3 qavatlaridagi quyidagi savdo do‘konlari ochiladi:

– Makro va Home Market do‘konlari
– Dorixona va kimyoviy tozalash
– Kiyim do‘konlari
– Atir, bijuteriya va zargarlik buyumlari do‘konlari
– Choyshablar, ko‘zoynaklar, soatlar va bosh kiyim do‘konlari
– Uyali aloqa va “Credit Express” xizmatlari

Markaz 16 may kunidan boshlab ikki kun davomida 10:00 dan 19.00 gacha faoliyat yuritadi. 18 maydan boshlab esa 10:00 dan 21:00 gacha vaqt oralig‘ida tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.

"Ochilishga tayyorgarlik jarayonida biz zararsizlantirish uchun barcha choralarni ko‘rdik va xodimlarga shaxsiy gigiyena va COVID-19 epidemiyasi sharoitida ishlash haqida ma’lumot berildi. Sizning sevimli savdo markazingizga sog‘liq uchun hech qanday xavf tug‘dirmasdan qaytib kelishingizni ta’minlashga biz harakat qildik", deyiladi xabarda.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqand Darvoza, markazi ochildi, savdo-ko‘ngilochar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя