Главная » 2017 » Апрель » 20 » Samarqandda bog‘ qorovuli og‘ir jinoyatga qo‘l urdi
09:29

Samarqandda bog‘ qorovuli og‘ir jinoyatga qo‘l urdi


Joriy yilning 16 aprel kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘i qorovuli og‘ir jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda "Samarkandskiy Vestnik" nashri xabar berdi.

Shahar madaniyat-istirohat bog‘ida fuqaro Sherzod Jo‘raev qorniga pichoq bilan jarohat yetkazilgan holda topilgan. Jabrlanuvchi tezda shahar shifoxonasiga yetkazilgan.

Tezkor harakatlar natijasida gumondor shaxs sifatida bog‘ning qorovuli T.Hasan qo‘lga olindi. Uning yonidan jabrlanuvchining qon izlari ketmagan oshxona pichog‘i topilgan.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on ichki ishlar xodimlari tergov ishlarini olib bormoqda.

Madina Muhammadiyeva


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: bog‘ qorovuli, qo‘l urdi, og‘ir jinoyat, Samarqand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя