Главная » 2017 » Август » 19 » Samarqandda homiylik asosida namunali to‘y o‘tkazildi
13:55

Samarqandda homiylik asosida namunali to‘y o‘tkazildi


Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasida namunali to‘y o‘tkazildi. Ushbu mahallada yashovchi 30 yoshli Axtam Qarshiyev hamda 3 nafar jajji bolakayning xatna to‘ylari bir davrada o‘tdi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Xabar qilinishicha, kuyovning to‘y qilishga moddiy imkoniyati yetmaganligi sababli barcha xarajatlar tuman soliq qo‘mitasi, mahalladagi tadbirkorlar, tumandagi bozor ma’muriyati tomonidan qoplandi.

4 ta xonadonning yaqinlaridan iborat 250 nafar mehmon ortiqcha ko‘zbo‘yamachiliklardan xoli, kamtarona to‘yning guvohi bo‘ldi. To‘y namunali deya ta’riflandi.

Qayd etilishicha, bu kabi to‘ylarni o‘tkazish Payariq tumanida uyushmagan yoshlar uchun birinchi loyihadir. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati kengashi raisi Rustam Qobilov ushbu to‘y dasturini viloyat bo‘ylab targ‘ib etish taklifini ilgari surdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: homiylik, asosida, Namunali, Samarqand, to‘y o‘tkazildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя