Главная » 2017 » Январь » 17 » Samarqanddagi Registon maydoni yaqinida Islom Karimov haykali o‘rnatiladi
16:16

Samarqanddagi Registon maydoni yaqinida Islom Karimov haykali o‘rnatiladi


O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish ishlari davom ettirilmoqda, deb yozadi “Uzbekistan Today”.

Xususan, Toshkent va Samarqand shaharlarida Islom Karimov haykali o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Shu kunlarda Islom Karimovning Samarqandda o‘rnatiladigan haykali haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 

2016 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining tanlovni o‘tkazish bo‘yicha e’lon qilingan Nizomiga ko‘ra, Islom Karimov haykali Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘rnatiladi.

Sxemadan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali Samarqand shahri Registon maydoni yaqinidagi Toshkent ko‘chasida qad ko‘taradi. 

Islom Karimov haykali Toshkentning aynan qaysi hududiga o‘rnatilishi hozircha noma’lum.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Islom Karimov, Registon maydoni, Samarqand, haykali o‘rnatiladi, yaqinida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя