Главная » 2020 » Июль » 15 » Samarqandlik erkak o‘g‘lini qanday o‘ldirganini aytib berdi
20:43

Samarqandlik erkak o‘g‘lini qanday o‘ldirganini aytib berdi


Samarqand viloyatida erkak o‘z o‘g‘lini o‘ldirdi. Bu haqda STV telekanali xabar qildi.

Hodisa shu yil 21 fevral kuni sodir bo‘lgan. Surishtiruvlar natijasida ish jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida ko‘rib chiqildi. Sudda erkak jinoyatni qanday sodir etgani haqida gapirdi.

“Biz restoranda qizimning tug‘ilgan kunini nishonladik. Keyin bayram uyda davom etdi. Biz spirtli ichimlik ichdik. O‘g‘lim bilan tortishib qoldim. U meni o‘ldirish bilan tahdid qildi. Men o‘zimni himoya qilish maqsadida qo‘limga pichoq olib, uning bo‘yniga urdim. U yerga yiqilgach, pichoq bilan uning yuzi, boshi va tanasining boshqa joylariga urdim. Keyin nima bo‘lganini eslay olmayman...”, – dedi erkak sud zalida.

Sud qaroriga ko‘ra erkak JKning 97 va 57 moddalari bilan aybdor deb topilgan. Endi u umrining 6 yilini qamoqda o‘tkazadi.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqandlik, o‘g‘lini, qanday o‘ldirganini, aytib berdi, Erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя