Главная » 2017 » Апрель » 6 » “Saqich chaynang, uning foydasi bor”, demoqda olimlar...
18:57

“Saqich chaynang, uning foydasi bor”, demoqda olimlar...


Tadqiqotchilar rezina saqichning inson organizmiga qanday foyda keltirishini haqida xabar qilinmoqda.

Avvallari “jvachka” ovqat hazm qilish tizimiga qattiq zarar keltiradi, deb hisoblanardi. Chunki bo‘sh oshqozonga saqich chaynaganda oshqozon shirasi ajralib chiqadi va ovqat yo‘qligi sababli oshqozonning o‘zini yemirib, oxir-oqibat oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.

Ammo rezina saqichning foydali jihati ham bor ekan. U tishlarning holati va og‘iz bo‘shlig‘i uchun foydali bo‘lib chiqdi. Saqich og‘iz bo‘shlig‘ini tozalaydi va tish emalini mustahkamlaydi. Olimlar saqich qadimdan chaynab kelinganligini aytmoqda. Hozirgidek rezina saqichlar Qadimiy Yunoniston, Hindiston, Sibirda chaynalgan, Yevropada esa chaynaladigan tamakidan foydalanilgan.

Ilgari odamlar saqichning o‘sadigan turlaridan foydalangan. Hozir ham qatrondan tayyorlangan saqichni do‘konlardan topsa bo‘ladi. Olimlar qora saqich kimyoviy usulda tayyorlangan turidan birmuncha foydaliroqligini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari saqichlar og‘iz bo‘shlig‘ini dezinfeksiyalaydi va chaynash apparatini chiniqtiradi. Shu bilan birga tibbiyotchilar milki kasallangan odamlarga saqich chaynashni tavsiya qilmaydi. Shuningdek, olimlar saqich chaynab, ozish mumkinligini ham aytishdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: chaynang, demoqda, olimlar, uning foydasi bor, Saqich | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя