Главная » 2018 » Февраль » 5 » Senga oshiqman serialidagi RANVIR (Shakti Arora) haqida
20:36

Senga oshiqman serialidagi RANVIR (Shakti Arora) haqida


1986 yil 16 may kuni Mumbayda tug‘ilgan. Otasi aktyor, onasi esa shifokor. Ular oilada ikki qiz, bir o‘g‘il. Shakti o‘z davrida 110 dan ortiq filmlarda suratga tushgan Bollivud aktyori Chandrashexarning nabirasi bo‘lib, ayni kunlarda sulolaning mashhur davomchilaridan biri hisoblanadi. Shakti ijodiy faoliyati davomida biror bir qiyinchilikka duch kelsa bobosi ishtirok etgan filmlarni tomosha qilib, o‘zidagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi. Shuningdek, aktyor har bir jiddiy qarorni aynan bobosi bilan maslahatlashgan holda qabul qilishga odatlangan.

Ilk qadamlar...

Shakti Arora seriallarda 2007 yildan buyon suratga tushmoqda. Dastlabki rollarini komedik filmlarida ijro etgan. So‘ng uni realiti shoulardan birida ishtirok etishga ko‘ndirishadi. Aynan o‘sha shoudagi rolidan so‘ng tomoshabinlar Shaktining haqiqiy iqtidorini kashf qilishdi desak mubolag‘a bo‘lmayd. Ammo aktyor mazkur shoudan so‘ng noma’lum sabablarga ko‘ra ijodiy tanaffus e’lon qilgan. Hindiston telekanallaridan biri suratga olgan «Sen uchun» loyihasi bilan esa u san’at olamiga yana qaytdi. «Senga oshiqman» seriali esa uning ijodiy faoliyatida katta burilish yasagan. Hatto, aktyor tashqi ko‘rinishiga ham o‘zgartirish kiritgan. Ya’ni u Ranvir roli uchun rejissyor talabiga ko‘ra 6 kg vazndan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Bir muhabbat qissasi

Bollivud olamining ba’zi aktyorlaridan farqli o‘laroq Shaktining shaxsiy hayoti hammaning ko‘z o‘ngida. U muhabbat borasidagi shaxsiy ma’lumotlarni hech vaqt sir tutgan emas. Shakti Arora uzoq yillardan buyon aktrisa Nexa Saksenani sevadi. "Siz uchun" serialining tasvirga olish jarayonida tanishgan yoshlar, ayni kunlarda o‘z munosabatlarini yaqinlariga ma’lum qilishdi. Іatto, oilalarning kattalari va yaqinlari ishtirokida unashtiruv marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Biroq hozirchato‘y haqida aniq habarlar yo‘q. Jurnalistlarning bu boradagi savollariga ham ular ochiq javob berishmagan.

Siz bilmagan 8 fakt

Ishdan bo‘sh vaqtlarida ot sporti bilan shug‘ullanishni juda yoqtiradi. Kelajakda ot fermasining egasi bo‘lish orzusi ham yo‘q emas. Shuningdek, aktyorni reklama roliklarida ham tez-tez ko‘rish mumkin. «Kinodan tashqari, qo‘shimcha daromadim reklama» deydi uning o‘zi.

Sevgilisi Nexa bilan — uch o‘g‘il farzandning ota-onasi bo‘lishni orzu qiladi. O‘g‘illaridan biri fotbolchi, ikkinchisi, san’atkor uchinchisini esa tadbirkorlik sohasini tanlashini niyat qilgan.

Eng katta maqsadi Karan Joxar ssenariysi asosida suratga olinadigan filmda bosh rolni ijro etish.

Iqtidorli inson har sohada iste’dodini namoyon etadi deganlaridek, qahramonimiz ham san’atning rassomlik yo‘nalishiga nafaqat qiziqadi, hatto yuzlab suratlarning muallifi ham.

U tunda avtomashina boshqarishdan va balandlikdan juda qo‘rqadi.

Shakti Arora tovuq go‘shti qo‘shib tayyorlangan barcha tamolarni sevib tanovul qiladi.

U Amirxon, Tom Xenks, Katrina Kayiflarning muxlisi.

O‘zining visol oqshomini Andaman, Nikobar orollarida yoki Gresiyada bo‘lishini niyat qilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Senga oshiqman | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя