Главная » 2017 » Январь » 10 » “Senga oshiqman” seriali efirdan olingani uchun Sharof Muqimov Ishanini obrazi bilan mashhur Radhika Madanni klipiga chaqirmadi
13:00

“Senga oshiqman” seriali efirdan olingani uchun Sharof Muqimov Ishanini obrazi bilan mashhur Radhika Madanni klipiga chaqirmadi


Xonanda Sharof Muqimov “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip olib, unda Ishani obrzasi bilan tanilgan hindistonlik Radhika Madanni olib chiqishi haqida aytib o‘tgandi.

Klip lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘la boshlagach esa unda “Senga oshiqman” serialidagi Ishani emas, balki o‘zbekistonlik Jamila G‘ofurova ko‘rinish bergani aniq bo‘ldi. Jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘lanib, unga o‘z va’dasini eslatdi.

“Klipda Ishanini o‘ynatish rejasi bor edi. Biroq o‘sha vaqtdagi oilaviy muammolar, onamning vafoti sabab ruhiy tushkunlik sabab bu reja ortga surilib boraverdi. Boz ustiga ‘Senga oshiqman’ seriali o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi degan tanqidlar paydo bo‘ldi va u efirdan olindi. Shuncha xarajat qilib, keyin Radhika Madan suratga tushgan klipni telekanallarimiz badiiy kengashidan o‘tkaza olmasakchi, degan fikr bilan bu ishni qilmadik”, — deb tushuntirish bergan Sharof Muqimov

Ma’lum bo‘lishicha, Jamila G‘ofurova “Kel-kel” emas, “Sayyora” nomli klipda suratga tushgan.

“Bu qo‘shiq 20 yillar muqaddam ‘Aprel’ guruhi tomonidan kuylangandi. Men uni Xusniddin Xudoyorov bilan duet tarzida kuyladim. Uning klipida bir necha yillik do‘stim Jamila G‘ofurova suratga tushdi. ‘Niqob’, ‘Armon’, ‘Egizaklar’ filmlarida birga rol o‘ynaganimizdan keyin, muxlislar Jamila G‘ofurova bilan navbatdagi chiqishimizni istayotgandi. Yaqin kunlarda klipni ularning hukmiga havola qilamiz”, — deb oydinlik kiritdi Sharof Muqimov.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sharof Muqimov, Senga oshiqman | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя