Главная » 2017 » Март » 30 » Sharof Muqimov va Setora Alimjonova to‘yi haqida
21:54

Sharof Muqimov va Setora Alimjonova to‘yi haqida


Biroz avval, xonanda Sharof Muqimov hamda aktrisa Setora Alimjonovalarning kelin-kuyov obrazidagi suratlari tarqalayotgani va ushbu suratlar muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergandik.

Avvalgi maqolada aytib o‘tganimizdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan to‘y suratlari klip yoki kino suratga olish jarayonida tushirilgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo hozircha unda ishtirok etgan mashhurlar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga to‘y suratlarini joylashtirib, sir boy bermagan holda ikki yoshni tabriklamoqdalar.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida sirli tadbirda ishtirok etgan va to‘y suratlarini o‘zining ijtimoiy sahifasiga joylashtirgan aktyor Sardor Saydullaev bilan bog‘landik.

“Ochig‘ini aytganda, meni ushbu tadbirga shoshilinch ravishda boshlovchilikka chaqirishdi. Biroz tobim yo‘q bo‘lsa-da, tadbirga bordim. Tadbir kichik kafeda bo‘lib o‘tdi. Boshlovchi sifatida mendan kelin va kuyov kelganini e’lon qilishni so‘rashdi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, Sharof Muqimov va Setora Alimjonova kirib kelishdi. Men uchun ham hammasi kutilmaganda sodir bo‘ldi. O‘ylashimcha, bu haqiqiy to‘y emas. Chunki, mehmonlarning soni juda kam edi. Bundan tashqari, atrofdagilardan uzuk taqish jarayoni videoga olingach, qaytarib berishlarini aytib, nikoh uzuklarini berib turishlarini aytishdi. Tadbir davomida bu maxsus tayyorlangan loyiha ekanini eshitdim”, deydi aktyor.

Xo‘sh, bu yo‘sindagi bachkanalik kimga kerak? Yoki Sharof Muqimov o‘z reytingini shu orqali tiklamoqchimi? Aktrisa Setora Alimjonovaga ushbu loyihadan nima naf? Balki bu yerda katta pul rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Lekin ikkisi ham pulga zoriqqan odam emas-ku! Yoki xalqni aldab yurish ularga yoqarmikan?!

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sharof Muqimov, Setora Alimjonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя