Главная » 2017 » Март » 12 » Sharof Muqimov: Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi
13:39

Sharof Muqimov: Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi


Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch Mo‘minova bilan ayni paytdagi munosabatlari va qizi bilan qay darajada tez-tez ko‘rishib turishi haqida “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

“Yana turmush qurishdan cho‘chimayapsizmi?” degan savolga Sharof quyidagicha javob berdi:

Buni vaqt ko‘rsatadi. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Hali Sevinch bilan qonunan ajrashganimiz yo‘q. Lekin hozirda u bilan ayro yashayapmiz.

Qizim bilan tez-tez ko‘rishib turaman. U bolalar maydonchasiga borib, o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Lekin Sevinch menga qizim Leylani ishonib topshirgisi kelmaydi.

Sababini so‘rasam, u buni “Qorni ochib qolishi yoki sovqotib qolishi mumkin, erkaklar bolalarga ayollarchalik e’tiborli bo‘lmaydi”, deb izohlaydi.

Sharof Muqimov, xonanda va aktyor

Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010-yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sharof Muqimov, Sevinch | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя