Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Sharof Muqimovning hayotida bugungi kun eng qadrli kun edi...
11:47

Sharof Muqimovning hayotida bugungi kun eng qadrli kun edi...


Sharof Muqimovning hayotida bugungi kun eng qadrli sana hisoblanadi. 

Ushbu sana xotiralari haqida xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali bo‘lishdi:

“Bugungi sana men uchun qanchalar qadrli va ertalabdan meni xarakatga keltiradigan, eng shirin so‘zlarni o‘ylab, sovg‘alar olishga undaydigan ajoyib va mazmunli kun edi. Chunki bugun onajonimni tavallud ayyomlari edi. Ko‘zlaridagi quvonchni aynan shu sanada ko‘proq termulib, kuzatib anglab, ko‘nglim xotirjam bo‘lar edi. Bugun onajonim xayot bo‘lganlarida 61 yoshlarini qarshilagan bo‘lar edilar. Ming afsus... Onajonim o‘zimni, Sizni qanchalar sog‘indim. Sizni o‘zim o‘ylagandanda ziyoda yaxshi ko‘rgan ekanman... Sizsiz, qalbi yarimlar doirasiga tushib qolgan bir ojizman... Sizni qo‘msab, chala nafas olayotgan Sharofingizman... Dunyoni qanchalar poyonsiz desam, sizni quchog‘ingizdan ancha tor ekan... Onajonim, nanajonim o‘zimni. Sizni ich-ichimdan, butun vujudim ila sog‘indim...”

Insonning hayotida onadayin ulug‘ zot yo‘q! Insonni to‘lqinlantirib yuboradigan Sharofning ushbu so‘zlari, zero onasi bo‘la turib, uning qadriga yetmayotgan yurtdoshlarimiz uchun yana bir ota-onalarimiz qanchalar g‘animatligini anglab yetishiga turtki bo‘lsa!

O‘tganlarning ohiratlari obod bo‘lsin!


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Sharof Muqimov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя