Главная » 2017 » Июнь » 8 » Sevinch Mo`minova Sharof Muqimov bilan oilasi buzilishi sabablarini ma`lum qildi
10:12

Sevinch Mo`minova Sharof Muqimov bilan oilasi buzilishi sabablarini ma`lum qildi


Sevinch Mo`minova turmush o`rtog`i Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashaganini ma`lum qildi, bu haqda u «Shok.uz» nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Daryo” nashrining yozishicha, 5 iyun kuni olingan intervyuda xonanda ertasi kuni, ya`ni 6 iyunda ajrim bo`yicha sud bo`lib o`tishini qayd etgan.

Boshlovchining: «O`zi birgalikda qancha vaqt yashagansizlar?» — degan savoliga javoban, Sevinch to`ydan so`ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashganini, so`ng aytishni joiz deb topmagan «ma`lum bir sabablarga ko`ra» turmush o`rtog`i bilan alohida uyga ko`chib o`tganini gapirib berdi. «Shu vaqtdan e`tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi», — deya xonanda «dinda ham er-xotinning alohida yashashi qoralanishi»ni ta`kidladi.

«Bora-bora bir kun ikki kunga, uch kunga, bir oyga… aylandi, shu tariqa, biz haqiqiy oila bo`lmay qoldik, er-xotinligimiz faqat qog`ozda qoldi», — deya Sevinch Sharof bilan turmushi buzilishiga uning ota-onasi sababchi bo`lganiga ishora qildi.

«Nima deb o`ylaysiz, bunda sizning ham aybingiz bormi?» — deya berilgan savolga qo`shiqchi: «Men kelinlik vazifasini ortig`i bilan bajarganman», — dedi va buni Sharof ham «agar vijdoni u uchun birinchi o`rinda bo`lsa», tasdiqlay olishi mumkinligini ta`kidladi. Xonanda «Bu artist, san`atkor, undan kelin ham chiqmas ekan, xotin ham chiqmas ekan», — degan gapni eshitishdan qo`rqqani uchun «jonini jabborga berib, kelinlik vazifasini o`tashga harakat qilgani»ni aytdi.

U qaynonasiga biror marta gap qaytarmagani, hatto yuziga tik boqmaganini, uydagi ishlarni a`lo darajada bajarganini qayd etdi.

Shu bilan birga, Sevinch Sharof Muqimovga nisbatan ginasini yo`qligini, uni farzandining otasi sifatida hurmat qilishini aytdi. «Boshimdan o`tkazgan azoblarim bir yon, lekin nima bo`lgandayam, u qizimning otasi», — dedi u.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sharof Muqimov, Sevinch Mominova, Oila, buzilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя