Главная » 2021 » Февраль » 26 » Xitoylik oila «ortiqcha» bolalar uchun katta jarima to‘ladi
10:28

Xitoylik oila «ortiqcha» bolalar uchun katta jarima to‘ladi


Xitoydagi bir oila «ortiqcha» bolalar uchun jarima to‘ladi: Chjan Junjun va uning eri qonunni buzgan: qonunga binoan mamlakat fuqarolari ikkitagacha bolaga ega bo‘lishlari mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Er-xotin «chiroyli raqam» hosil bo‘lishi uchun yettita farzandli bo‘lishga qaror qilishgan. Ular allaqachon 1 million yuandan ko‘proq (155 ming AQSh dollari) jarima to‘lashgan. SCMP ta’kidlashicha, ushbu to‘lovsiz besh o‘g‘il va ikki qizdan iborat bolalar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ololmasdi.

Chjan Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida tikuvchilik fabrikasi, zargarlik kompaniyasi va kosmetik muolajalar bo‘yicha biznesni boshqaradi. Xitoydagi ko‘pgina ishbilarmon ayollar ba’zida umuman farzand ko‘rmasligiga qaramay, Chjan o‘z bilganidan qolmadi: katta oilada hech qachon yolg‘iz qolmaysan.

«Turmush o‘rtog‘im biror joyga ketganda, katta farzandlarim o‘qishga borganda, yonimda boshqa bolalarim qoladi... Qariganimda ular meni ko‘rishga kelishlari mumkin», — dedi ayol.

1979-yildan 2015-yilgacha Xitoy hukumati «bitta oila — bitta bola» demografik siyosatini olib bordi. 2016-yil boshidan buyon mamlakat fuqarolariga ikkita farzandli bo‘lishga ruxsat berildi. 1970 yillardan boshlab Pekin qonuniy ravishda oilalar sonini cheklab kelmoqda, negaki rasmiylar aholining ulkan o‘sishini muammo deb bilishadi: shu tufayli mamlakatning yer, suv va energetika resurslari haddan tashqari zo‘riqib qolgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoylik, oila, jarima | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя