Главная » 2021 » Апрель » 15 » Metro stansiyasi tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi
12:57

Metro stansiyasi tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi «3-Bekat» stansiyasida vaqtni ko‘rsatuvchi soat darchasida harakatlanuvchi satrda nojo‘ya gap aks etgan video tarqaldi. 

«O‘zbekiston temiryo‘llari» matbuot xizmatiga o‘kra, ushbu hodisa bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, 12-aprel kuni soat 16:40da ushbu vaqtini ko‘rsatuvchi soat mexanizmiga xakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kirish) sodir bo‘lganligi aniqlandi.

Ushbu darcha elektron tizimli bo‘lib Wi-fi orqali boshqariladi. Hujumchilar soatga o‘rnatilgan parolni buzib, unga nojo‘ya gapni harakatlanuvchi satrga joylashtirgan.

«Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi» xabarda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: metrosidagi, pornografik, jumlani, yozgan, Sergeli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя