Главная » 2017 » Сентябрь » 1 » Shavkat Mirziyoyev: Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishida ko‘zimiz o‘rgangan loyihalardan voz kechib, yangi dizayn topishimiz kerak
19:44

Shavkat Mirziyoyev: Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishida ko‘zimiz o‘rgangan loyihalardan voz kechib, yangi dizayn topishimiz kerak


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurib, Islom madaniyati markazi tashkil etilishi loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Markaz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

O‘zAning xabar berishicha, Prezident 1-sentabr kuni Xastimomga tashrifi davomida markazning nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif qilgan.

Bu markaz bizning islom dini targ‘ibotidagi yuzimiz bo‘ladi. Shunday ekan, uning tashqi ko‘rinishi, bu yerda ishlatiladigan qurilish materiallariga ham e’tibor qaratish lozim. Odatdagi, ko‘zimiz o‘rganib qolgan loyihalardan voz kechib, yangi shakl va dizayn topishimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diniy yo‘nalishdagi 9 ta o‘rta maxsus va 2 ta oliy ta’lim muassasasi Islom sivilizatsiyasi markazi ixtiyoriga o‘tishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: markazi, o‘rgangan loyihalardan voz kechib, yangi dizayn topishimiz kerak, qurilishida, Shavkat Mirziyoyev: Islom, ko‘zimiz, sivilizatsiyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя